Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali oftalmologiya kafedrasi professori, O’zbekiston Qahramoni, tibbiyot fanlari doktori,Professor Rahmon Muxamadiyev tavalludining 75-yilligi munosabati bilan «Zamonaviy oftalmologiyaning rivojlanish tarixi va istiqbollari» mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda.
Konferensiya avvali, Professor Rahmon Muxamadiyevni tavallud ayyomlari bilan qutlash maqsadida tabriklash marosimi bilan boshlandi.
Tadbir ishrirokchilariga ularning ish faoliyatlari hamda bugungacha bosib kelgan yo‘llari aytib o‘tilib, ishtirokchilar o‘zlarining sovg‘alari bilan ustozni tabrikladilar.