Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tyutorlari tomonidan talabalari uchun Surxondaryo viloyati Art galereyasiga sayohat uyushtirildi.
Galereyadagi asarlar zamonaviy tasviriy san’at turlari va uslublarining xilma-xilligi, muallif mahorati, an’anaviy, milliy va zamonaviy uyg‘unligi bilan tomoshabinni hayratga soladi.
Mahalliy xalqning urf-odatlari va an’analarini bor xolicha o‘zida aks ettiruvchi miniatyuralar, milliy qo‘g‘irchoqlar, tabiiy toshlar bilan bezatilgan kumush taqinchoqlar, bejirim naqshlar tushirilgan yog‘och o‘ymakorligi namunalari ishtirokchilarga boy ta’surot qoldirdi.
Bu kabi sayohatlar filial talabalarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlariga yordam beradi.