You are currently viewing Abu Ali ibn Sino nomli tibbiyot texnikumi talabalariga o’quv metodik yordam berildi

Abu Ali ibn Sino nomli tibbiyot texnikumi talabalariga o’quv metodik yordam berildi

    Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o’qituvchilari Abu Ali ibn Sino nomli tibbiyot texnikumiga tashrif buyurdilar.

   Mazkur tibbiyot texnikumi talabalari bo’lajak tibbiyot xodimlaridir. Ular o’rta tibbiyot xodimi sifatida o’z malakalarini oshirib, xalqimiz salomatligini tiklash yo’lida xizmat qiladilar.

     Muloqot chog’ida Toshkent tibbiyot akademiyasi Temiz filiali o’qituvchilari tomonidan mamlakatimizda tibbiyot sohasini isloh qilish, bu borada erishilayotgan ulkan yutuq va natijalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Talabalarni kasbga yo’naltirish bo’yicha suhbatlar o’tkazildi.

      Jumladan, terapiya, pediatriya va neonatologiya fanlari bo’yicha o’quv metodik yordam berildi.