Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo’shma qarorga muvofiq Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi va fakultet koordinatorlari saylovi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Raxmonov hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi mas’ullari ishtirok etgan saylov jarayonida nomzodlar orasidan munosiblari saylab olindi.