You are currently viewing Arxeologiya muzeyiga sayohat

Arxeologiya muzeyiga sayohat

    Muzey o‘tmishdan hikoya qilguvchi eksponatlari, qimmatli yodgorliklari bilan qadrli. O‘zlikni anglash, tarix bilan yuzlashish uchun ham Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tyutorlari tomonidan talabalar uchun Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyiga sayohat uyushtirishdi.

   Muzeylarda ham yurtimizning bir necha ming yillik tarixi va madaniyati, ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga oid 200 mingdan ortiq ashyolar, tarixiy ma’lumotlar saqlanayotgani voha ahlini qiziqtirmay qo‘ymaydi.

   Shu bois, Arxeologiya muzeyiga sayohat uyushtirib, u yerdagi tarixiy ashyolar bilan yaqindan tanishdilar.
    Eksponatlar haqida hikoya qilguvchi mutaxassis qiziqarli va muhim ma’lumotlarni aytib berdi. Katta qiziqish bilan tinglagan talabalar uchun bugungi kun taassurotlarga boy bo‘ldi.