Xalq salomatligi va sogʻlom millat genofondi har bir davlatning muhim boyligi sanaladi. Shu bois, mamlakatimizda aholi sogʻligʻini muhofaza qilishga davlat siyosatining muhim yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Nevrolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti asab kasalliklar, bolalar asab kasalliklari va tibbiy genetika kafedrasi mudiri, “Nevrologiya” jurnali bosh muharriri Majidova Yoqutxon Nabiyevna Surxondaryoga tashrifi chog’ida bir qator bemorlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazdi.
Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali ordinaturlar hamda assistentlar uchun «Covid’dan keyingi nevrologik asoratlar» bo’yicha ma’ruzalar o’qib eshittirildi.