Shu bois, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari uchun Jinoyat ishlari bo’yicha Termiz shahar sudining raisi Ikromjon Shaymanov, Fuqarolik ishlari bo’yicha Termiz tumanlararo sudining sudyasi Baxtiyor Noraliyev hamda Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay’ati sudi sudyalari Abdusalom Mirzayev va Muxiddin Malikovlar ishtirokida O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini talaba-yoshlar o’rtasida targ’ib qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi, bu siyosiy tadbir – referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi haqida tushunchalar berildi.