Ma’lumki, joriy yilning 30 aprel kuni konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan umumxalq referendumi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan viloyatimizda referendum o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrugi, shahar va tumanlar hududida referendum uchastkalar tashkil etilmoqda.
Shu bois, filial xodimlari ham Angor tumanidagi maktablarda tashkil etilgan uchastkalarda muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayoniga amaliy yordam ko‘rsatishdi.
Jumladan, referendum uchastkalari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zarur adabiyot hamda qo‘llanmalar bilan to‘liq taʼminlandi, ovoz berish kabinalari va qutilari tayyorlandi.