You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida «Klinik tibbiyotda zamonaviy muammolar va innovatsion yondashuv» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida «Klinik tibbiyotda zamonaviy muammolar va innovatsion yondashuv» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida o’tkazilgan «Klinik tibbiyotda zamonaviy muammolar va innovatsion yondashuv» mavzusidagi xalqaro konferensiyada Tojikiston, Rossiya, Turkiya kabi davlatlar, shuningdek, Qirig’iziston, Qozog’iston (onlayn) tibbiyot oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, sog‘liqni saqlash sohasi yetuk mutaxassislari dolzarb mavzularda ma’ruza qildi. 

   Qayd etildiki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilib, kasalliklarni erta aniqlash va davolash, odamlarning tibbiy bilim va madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Bu jarayonda tibbiyot muassasalari bilan medisina sohasidagi ta’lim dargohlarining hamkorlik aloqalari keng yo‘lga qo‘yilib, eng ilg‘or innovasion yangiliklar joriy etilmoqda.

   Xalqaro anjumanning tibbiyotdagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlarga bag‘ishlangan plenar yig‘ilishida mamlakatimiz va xorijlik olimlar sohaga oid izlanishlariga bag‘ishlangan o‘nga yaqin ma’ruzalari taqdimotini o‘tkazdi.

   Xalqaro anjuman ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida “Pediatriya va terapeya”, “Xirurgiya”, «Nevrologiya“, Fundamental fanlar” shu’balarida yig‘ilishlarni davom ettirib, 50 ga yaqin ilmiy tadqiqot ishlariga bag‘ishlangan ma’ruzalarni muhokama etdi.

  Konferensiyada Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali rahbar xodimlari, professor-o’qituvchilari va talabalari ham ishtirok etdi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.