Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali «Axborot-resurs markazi»da filial birinchiligi oʻyinlarining 4-turi oʻtkazildi. Ushbu oʻyinlarni «Zakovat intellektual klubi» NNT Surxondaryo viloyati hududiy koordinatori: S.Odilov olib bordi.
20 ta savoldan iborat qizgʻin va murosasiz ruhda kechgan oʻyinlar yakunida «Intelligent» jamoasining qoʻli baland keldi.