You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi  Termiz filiali rahbar-xodimlari, jumladan, davolash ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari O’. Fayziyeva,  pediatriya fakulteti dekani J. Mustanov , ichki nazorat boʻlim boshligʻi hamda  kafedra mudirlaridan iborat ishchi guruhi Shoʻrchi tibbiyot kollejida tashrif buyurishdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi  Termiz filiali rahbar-xodimlari, jumladan, davolash ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari O’. Fayziyeva, pediatriya fakulteti dekani J. Mustanov , ichki nazorat boʻlim boshligʻi hamda kafedra mudirlaridan iborat ishchi guruhi Shoʻrchi tibbiyot kollejida tashrif buyurishdi.

   Ushbu tibbiyot kolleji jamoasi bilan uyushtirilgan muloqot chog‘ida mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, amaliy ishlar ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. SHu bilan birga oʻquv-uslubiy, ilmiy, xorijiy tillarni oʻrganish borasidagi ustuvor vazifalar alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.