Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori, tibbiyot fanlari doktori Furqat Otamuradov talabalarga “Politravma bilan shikastlangan bolalarda bosqichlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish” mavzusida ochiq integral maʼruza o‘qidi.
Ma’ruza davomida filial direktori tayanch-harakat va koʻkrak-qorin boʻshliqlari shikastlangan bemorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, ogʻriqsizlantirish, transport immobilizatsiyasini amalga oshirish, bemorni transportirovka qilish, shifokorgacha boʻlgan davrda amalga oshiriladigan tibbiy yordam, birinchi shifokor yordami va klinikada shifokor yordam koʻrsatish ketma-ketligi, bemorni koʻrikdan oʻtkazish, diagnostika qilish tartiblari, shokka qarshi oʻtkaziladigan tibbiy muolajalar va jarrohlik amaliyoti haqida maʼlumotlar berildi.
Dars mashg‘ulotlari davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar ham bildirildi. Jumladan, Furqat Otamuradov yosh yigit-qizlarning o‘qib-o‘rganish, ijodiy jarayonlarda faol ishtirok etishdan to‘xtab qolmasligi, o’z kasbining fidoiy shifokorlari bo’lib yetishishlariga doir tavsiyalar berdi.
O‘z navbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.