You are currently viewing Ochiq dars mashg‘uloti: amaliy va nazariy bilimlar uyg‘unligi muvaffaqiyatlar omili.

Ochiq dars mashg‘uloti: amaliy va nazariy bilimlar uyg‘unligi muvaffaqiyatlar omili.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari uchun “Qo‘shinlarni kazarma va dala sharoitlarida joylashtirilganda ularning ovqatlantirilishining sanitar nazorati” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti bo’lib o’tdi.

     Ochiq dars davomida mavzu mazmun-mohiyati slaydlar orqali  tushuntirildi.

   Shuningdek, talabalarning boshlang’ich bilimini tekshirish hamda tayyorgarligini baholash maqsadida «Krassvord» usulidan foydalangan holda guruhlarga ajratilib, mashg’ulotlarga tayyorgarlik darajasi aniqlandi.

   Ushbu ochiq darsda mavzuni yetarli ravishda yoritadigan (slaydlar ,prezentasiya, videoroliklar, videofilmlar) dan keng foydalanildi.

   Dars so’nggida Mayor Rashidov talabalarga nazariy va amaliy bilimlardan foydalanishnibg ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
       2 ta video rolik hamda bir qancha harbiy, vatanparvarlik mavzusi yoritilgan jurnallar talabalarga taqdim etildi.

       Ochiq  muloqot, o‘zaro fikr almashish asnosida bo‘lib  o‘tgan dars mashg‘uloti talabalar ga katta  taassurotlar qoldirdi.