Teatr jamiyat hayotida, tomoshabinlarning ayniqsa yoshlarning maʼnaviy va estetik tarbiyasida muhim oʻrin tutadi.
Bugun, joriy yilning 5-may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari va talabalari uchun Oʻzbekiston davlat drama teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Ojiza demang bizni” nomli komediya janrdagi spektakl namoyish etildi.
Unda talaba-yoshlar ayollarning jamiyatdagi o’rni, ularning har jabhada ilg’or ekanligi aktyorlar tomonidan mohirona ijro etilganligi guvohi bo‘lishdi. Teatr har qanday davrda, hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma’naviyatini yuksaltirishda uning alohida o’rni bor. Iqtitorli aktyorlar tomonidan namoyish etilgan mazkur spektakl ham talabalarning vaqtini mazmunli o’tkazish, ma’naviy olamini yanada boyitishga xizmat qildi.