Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari” borasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshirig‘iga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Denov tumanidagi 7 ta mahallaning 50 nafar e’tiborga muhtoj, nogiron yoshlari biriktirildi.
Bular:
- “Nuriston” mahallasidan – 16 nafar yoshlar.
- “Buyuk kelajak” mahallasidan – 11 nafar yoshlar.
- “O‘rta qishloq” mahallasidan – 8 nafar yoshlar.
- “Qaytmas” mahallasidan – 5 nafar yoshlar.
- “Sina” mahallasidan – 4 nafar yoshlar.
- “Elobod” mahallasidan – 3 nafar yoshlar.
- “Yangi Xazorbog‘” mahallasidan – 3 nafar yoshlar.
Mahalla yoshlari bilan individual ish faoliyatini tashkil etish maqsadida filial direktori F. Otamuradov boshchiligida ishchi guruh dastlabki o‘rganish ishlari amalga oshirilib, ularning holidan xabar olindi. Filialga biriktirilgan yoshlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Har bir yosh bilan individual suhbalar tashkil etildi. O‘tkazilgan uchrashuvlar natijasiga ko‘ra:
– Yoshlarning aksariyat qismi tug‘ma nogiron hisoblanadi. Ular muntazam ravishda bir kishi tomonidan e’tiborga muhtoj.
– Ro‘yxatda keltirilgan “Qizil” toifa deb ko‘rsatilgan 50 nafar nogiron yoshlarning 12 nafari moddiy ahvoli yaxshi, yetarlicha sharoitlar yaratilgan oila farzandi ekanligi aniqlandi.
– 6 nafar nogiron yoshlar Oliy ta’limga o‘qishga kirishga qiziqishini bildirdi. O‘sha hududdagi yoshlar yetakchisi bilan tayyorlov kurga yo‘nltirish bo‘yicha kelishib olindi.
– 8 nafar yoshlar hozirgi kunda maishiy va xizmat ko‘rsatish sohasida, 13 nafar yoshlar o‘z xo‘jaligida mehnat qilayotganligi aniqlandi.
– 1 nafar nogiron yosh oila qurganligi, biroq bitta oilada 3 nafar aka-ukalar 2 xonali xonadonda yashayotganligi va uysiz bo‘lganligi uchun o‘z ayoli bilan ajrim yoqasiga kelib qolganligi aniqlandi.
– 5 nafar yoshlar 1 guruh nogironi bo‘lganligi uchun hech qanday faoliyat bilan shug‘ullana olmasligi va doimiy nazoratda bo‘lib turishi lozimligi aniqlandi.
Ushbu o‘rganish natijalaridan so‘ng yoshlarning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Har bir yoshning mummosini jiddiy e’tiborga olinib, ularning ijtimoiy hayotga moslashib ketishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi.