Ushbu yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida izchil amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, yoshlar bilan yaqindan muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar va qiziqishlarini o‘rganish natijasida Denov tumanidagi “Sina-1” mahallasi fuqarosi Abdulmajidova Taxminaga tikuv mashinasi, “Qaytmas” mahallasi Abduxalimov Abdulbositga 50 dona parranda berildi.
Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Furqat Otamuradov tomonidan tibbiy ko‘rikka muhtoj fuqarolarga maslahat berildi.