TTATF direktori Furqat Otamuradov boshchiligidagi delegatsiyasining Hindistonga tashrifi sog’liqni saqlash sohasidagi akademik hamkorlik va xalqaro aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tashrif davomida TTATF professor-o‘qituvchilarining malaka oshirishi va talabalarning amaliyot o‘tashini, qo‘shma operatsiya va muolajalar hamda ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni belgilab beruvchi hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnoma imzolashdan maqsad har ikkala muassasaning afzalliklari va ilg’or tajribasidan foydalangan holda talabalarning Aakash Healthcare shifoxonasida amaliyot o’tashini ta’minlash, shifokorlarning sog’liqni saqlash sohasida bilim va tajribasini oshirish, shuningdek, bemorlarga yuqori texnologiyali, sifatli, kompleks tibbiy xizmat ko‘rsatishdan iborat.
Ushbu hamkorlik muassasalararo tibbiy xizmat ko’rsatish ko’lamini kengaytirish va yaxshilash maqsadida o’z resurslari, infratuzilmasi va tajribalarini birlashtirishga imkon beradi.
TTATF delegatsiyasining Aakash Healthcare shifoxonasiga tashrifi va istiqbolli hamkorlik tibbiyot mutaxassislariga, talabalarga hamda bemorlarga jaxon miqyosidagi amaliyotlardan foydalanish imkonini beradi.