Bugun, mamlakatimizda ixtirochi yoshlarni kashf qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga start berildi.
Tanlovning respublika bosqichini “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, professor Oqil Salimov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov ochib berib, ishtirokchilarga ulkan zafarlar tiladilar.
Yoshlarni yanada ruhlantirish va tanlovga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida konsert dasturi va Inno Techno Park bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Ushbu tanlovda:
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialidan 4 nafar talabalar
1. Boboyorov Sardor Uchqun o‘g‘li
2. Asfandiyorov Javodbek Mirzaali o‘g‘li
3. Toshniyozov Hasan Berdiyor o‘g‘li
4. Qarshiyev Mashxur Shuxrat o‘g‘li
o‘z ishtirokini boshladi va o‘z loyihalari bilan qatnashishmoqda.
Talabalarimizga tanlovda omad tilab qolamiz.