TTA 2-son Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasida «Terapiya fanini o‘qitishdagi dolzarb muammolar doirasida yosh tadqiqotchilar nigohi» mavzusida xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlaridan ham talabalar qatnashdilar. Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining 4 nafar talabalari ham faol ishtirok etishdi.
Anjumanda Pediatriya fakultetining talabasi Uraqova Umida “Особенности течение хронического обструктивного болезни легких у пожилых людей” mavzusidagi ishi bilan 3- o‘rinni egalladi.
Eslatib o’tamiz Umida Urakova filialda o’tkazilgan TIJ konferensiyada ham pediatriya yo’nalishi bo’yicha faxrli 1-o’rinni olgan iqtidorli talabalarimizdan biridir.