You are currently viewing DIQQAT E’LON!!!

DIQQAT E’LON!!!

   Ertaga 2-iyun, juma kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari oʻrtasidagi jamoaviy o‘yinlarga asoslangan “Zakovat” intellektual oʻyini yakuniy 9-10-tur bahslari boʻlib oʻtadi.

   Boshlanish vaqti: soat 15:00

   Manzil: “Axborot-resurs markazi” binosi

   Savollar soni: 40 ta

   Jamoa tarkibiga filialda tahsil olayotgan istalgan kurs talabalari va oliygohning bir nafar xodimi(oʻqituvchi, tyutor va hokazo)ni jalb qilishingiz mumkin.

  10 ta turdan iborat musobaqa yakunida dastlabki uchta oʻrinni egallagan jamoalar rahbariyat tomonidan quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi.

  1. 🥇1-o‘rin – 9 million so‘m;
  2. 🥈2-o‘rin – 6 million so‘m;
  3. 🥉3-o‘rin – 3 million so‘m.

 Ayni damdagi turnir jadvali bilan  bu yerda (https://t.me/ttatf_yoshlar_ittifoqi/3602)👈🏻 tanishishingiz mumkin.