You are currently viewing O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning saylov oldi dasturidagi 5 ta ustuvor yo’nalish bo’yicha TTATF da seminar tashkil etildi. June 02, 2023

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning saylov oldi dasturidagi 5 ta ustuvor yo’nalish bo’yicha TTATF da seminar tashkil etildi. June 02, 2023

   Joriy yilning 30 may kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tgan X-qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qilib, o‘zining saylov oldi dasturini e’lon qilgan edi.    

   Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Furqat Otamuradov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning saylov oldi dasturidagi 5 ta ustuvor yo’nalish bo’yicha filial professor-o’qituvchi va xodimlarga keng qamrovli ma’lumot va tushunchalar berdi. 

   Tadbir davomida har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish, odamlarni hayotdan rozi qilish uchun barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, Yangi O’zbekistonni xavfsiz va tinchliksevar davlat sifatida rivojlantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi.

    Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholiga yangi ish o‘rinlari yaratish, malakali tibbiy xizmat ko’rsatish va munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlashni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganligi ta’kidlandi.