Viloyat hokimligi tashabbusi bilan haftaning har shanba kuni viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida reja-grafik asosida ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari o’tkazilib kelmoqda.
Shu munosabat bilan, bugun 10-iyun kuni ertalabki soat 6:00 da Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xodimlari hamda talaba yoshlari «Alpomish» stadionida bo’lib o’tgan badantarbiya mashg’ulotlarida ishtirok etishdi.