Bugun 20-iyun sanasida, Surxondaryo MTRKda har kuni jonli efirda uzatiladigan «Munavvar kun» dasturida viloyatimizda joylashgan OTM yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Ushbu ko’rsatuvda, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Sardor Boboyorov ham ishtirok etdi.
30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Bilim va tafakkurimiz – shu el uchun, shu yurt uchun” shiori ostidagi “Yoshlar oyligi” yoshlar oyligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbat qilindi.