You are currently viewing Xalqaro universitetlar reytingi

Xalqaro universitetlar reytingi

   Joriy yilning 5-6-iyun kunlari, Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O‘zbekiston-Rossiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq xorijiy ekspertlar Z.Lopatin va N.Koroleva (Rossiya) ishtirokida “Xalqaro universitetlar reytingi”ni o’qitish maqsadida oflayn va onlayn rejimlarda trening bo’lib o’tdi.

    Treningda, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Y.B.Gulyamov, davolash ishlari bo’yicha direktor o‘rinbosari O’.R.Fayziyeva, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.I.Shamsutdinova, o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i M.I.Bozorova, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Z.K.Turabayeva, Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi mudiri D.Y.Hojiyev, xalqaro bo’lim bo’lim boshlig’i A.G’.Norxonov va raqamli ta’lim texnologiyalar markazi bo’lim boshlig’i F.U.Shamatovlar ishtirok etishdi.

    Treningni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha ishtirokchilarga trening ishtirokchisi – O‘zbekistondagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining QS World University Rankings (QSWUR) 1000 reytingiga kirishi bo‘yicha milliy ekspertning O‘zbekiston-Rossiya sertifikati berildi.