You are currently viewing Qaxramon bilan uchrashuv…

Qaxramon bilan uchrashuv…

    Denov tadabirkorlik va pedagogika institutida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professori, O‘zbekiston Qaxramoni Muxammadiyev Raxmon Omonovich ishtirokida tuman ma’naviyat-ma’rifat bo’limi xodimlari, o’qituvchilar hamda talaba yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

   Uchrashuvda, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professori, O‘zbekiston Qaxramoni, tibbiyot fanlari doktori, Amerika oftalmologlar akademiyasi va Rossiya tibbiyot texnika fanlari akademiyasining akademigi, oliy toifali oftalmolog Muxammadiyev Raxmon Omonovich “Xayot saboqlari” to‘g‘risida maroqli ma’ruza qildilar.

      Uchrashuv qiziqarli, ko‘rgazmali, jonli tarzda o‘tkazildi hamda talaba yoshlarda katta ta’surotlar qoldirdi.