Shu munosabat bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 10 nafar xodimlari ko’hna Xorazm viloyatining Xiva shahriga sayohatga yo’l olishdi.
Xiva shahriga qilingan sayohat davomida, filial jamoasi me’moriy yodgorliklar “Ichan-Qal’a”, “Tosh hovli”, “Deshon Qal’a”da bo’lishdi.
Ushbu sayohat ichki turizmni rivojlantirish, mamlakatimizning qadimiy va tarixiy meroslari bilan tanishish maqsadida tashkil qilingan bo’lib, filial jamoasida katta taassurotlar qoldirdi.