You are currently viewing Daegu Hanny universiteti

Daegu Hanny universiteti

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining bir guruh talabalari Janubiy Koreya Respublikasining Daegu Hanny universitetiga akademik almashinuv doirasida yozgi amaliyotni o’tash maqsadida»Koreys ananaviy tibbiyotining 23 yillik yozgi maktabi loyihasi» dasturida ishtirok etish uchun jo’nab ketishdi.

     Ma’lumot uchun, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.A.Otamuradov, Xalqaro xamkorlik bo’limi boshlig’i hamda Daegu Haany universiteti prezidenti Byun Chang-Hoo boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan (Noyabr oyida bo’lib o’tgan Xalqaro forum) da uchrashuv davomida akademik mobillik doirasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish va tibbiy ta’limni rivojlantirish masalalari kelishib olingandi.

     Shuningdek, talabalar Daegu Haany universitetining rivojlanish tarixi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, dars jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.