You are currently viewing Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug’bek Qosimov qurilish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga tashrif buyurdilar.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug’bek Qosimov qurilish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga tashrif buyurdilar.

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida davlat-xususiy sheriklik asosida 2023 yilda 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi va filial hududida 1500 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi belgilangan. Hozirgi kunda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Shu munosabat bilan, bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug’bek Qosimov qurilish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga tashrif buyurdilar.

    Filial direktori hamda qurilish soxasi mas’ullari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi hamda talabalar turar joyi qurilishi bo’yicha axborot berildi. Mas’ullarga qurilayotgan loyihalarni muddatida foydalanishga topshirish aytildi.

    Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (https://lex.uz/ru/docs/5996601) bilan Surxondaryo viloyatida talabalarning turar joylarga bo’lgan ehtiyojini qoplash maqsadida 2022-2025 yillar davomida davlat-xususiy sheriklik asosida 14 ta talabalar turar joyi barpo etilishi belgilangan.