Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bir guruh professor-o’qituvchilari hamda talabalari akademik mobillik doirasida yozgi amaliyotni o’tash maqsadida Turkiya Respublikasi Izmir shahrida joylashgan Ege universiteti shuningdek, Erzurum shahrida joylashgan Ataturk universtitetlariga jo’nab ketishdi.
Ma’lumot uchun, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.A.Otamuradov Turkiya Respublikasi Izmir shahrida joylashgan Ege universitetining prorektori Hakan Atilgan bilan iyun oyida hamda Erzurum shahrida joylashgan Ataturk universtiteti rektori Omar Chomakli bilan mart oyida akademik mobillik doirasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida memorandum imzolagandi, shuningdek tibbiy ta’limni rivojlantirish masalalari kelishib olingandi.