You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Vazirlar Mahkamasi xodimi M.Vaxobov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi birinchi o’rinbosari K.Karimov boshchiligida ishchi guruh tashrif buyurdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Vazirlar Mahkamasi xodimi M.Vaxobov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi birinchi o’rinbosari K.Karimov boshchiligida ishchi guruh tashrif buyurdi.

     2023/2024 o’quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini o’tkazishga tayyorgarlik ishlarining holatini o’rganish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Vazirlar Mahkamasi xodimi M.Vaxobov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi birinchi o’rinbosari K.Karimov boshchiligida ishchi guruh tashrif buyurdi.

     Tashrif davomida, ishchi guruh tomonidan binoda abituriyentlar hamda ularning yaqinlari uchun yaratilayotgan sharoitlar o’rganildi.

       Xususan, test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan filial sport zali (7-bino) bir vaqtda 270 nafar abituriyentni sig‘dirish imkoniyatiga ega. Hozirgi vaqtda bino belgilangan talablarga ko‘ra tayyorlanmoqda. Shuningdek, abituriyentlar yakka tartibda o‘tirishlariga mo‘ljallangan alohida partalar, test jarayonlarining shaffof o‘tkazilishi uchun kuzatuv kameralari hamda to‘liq sovutish tizimlari bilan jihozlangan.