Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tasarrufida bo’lgan Sariosiyo Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi tantanali ravishda o’tkazildi.
Tadbir davomida, texnikum direktori barcha fanlarni a’lo baholar bilan yakunlagan va namunali xulqi bilan ajralib turgan bitiruvchilarga imtiyozli diplomlar hamda faxriy yorliqlarni topshirdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bir guruh professor-o’qituvchilari ham bitiruvchilarni tabriklab, ularga kelgusidagi ishlarida omad tiladilar.