You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali KQK “Kompleks nazorat” tizimini boshqarish bo’limi bosh mutaxassisi A.B.Abdullayev tomonidan filial tyutorlari ishtirokida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv o’tkazildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali KQK “Kompleks nazorat” tizimini boshqarish bo’limi bosh mutaxassisi A.B.Abdullayev tomonidan filial tyutorlari ishtirokida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv o’tkazildi.

     2023/2024 yili uchun o’qishga qabul jarayonlarini tashkil etishda «O’qishga kiritib qo’yish va o’qishini ko’chirib berish” bilan bog’liq jinoyatlarni, shu jumladan, korrupsiya holatlarini oldini olish, imtihonlarini ochiq va shaffof o’tkazilishini ta’minlash hamda ularga biriktirilgan guruh talabalarining har biri bilan bog’lanib, korrupsiyaviy illatlarning oldini olishga qaratilgan suhbatlar o’tkazilishi tavsiya etildi.

   Shuningdek, har qanday ko’rinishdagi noqonuniy va qing’ir ishlardan tiyilishlarini, shu bilan birga, agarda biror noqonuniy va korrupsiyaviy holatlarning guvohi bo’lgan taqdirlarida darhol filial KQK “Kompleks nazorat” tizimini boshqarish bo’limiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi davlat idoralariga xabar berishi ta’kidlab o’tildi.

Filial KQK “Kompleks nazorat” tizimini boshqarish bo’limiga murojaatlar uchun bot: https://t.me/ttatf_anti_corbot