Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.A.Otamuradov boshchiligida AQSHning Shenandoah Universiteti prorektori Karen Abraham hamda “Ergoterapiya” kafedrasi mudiri professori Cathy Shanholtzlar bilan “Jamoat salomatligi va ergoterapiya” sohalarini O’zbekistonda tadbiq etish va rivojlantirish masalalari bo’yicha online (zoom platformasi orqali) muzokalar olib borildi.
Ushbu ikki soha O’zbekiston uchun yangi sohalar bo’lib, Amerika tajribasiga tayangan holda sog’liqni saqlash tizimida bu sohalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Joriy yilning 8-9-sentyabr kunlari bo’lib o’tadigan “AQSH-O’zbekiston tibbiyot forumi» da Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali va Shenandoah Universiteti o’rtasida ushbu ikki soha bo’yicha hamkorlik memorandum imzolanishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar so’ngida ikki OTM professor-o’qituvchilari o’zaro tajriba almashinuvi, shuningdek, talabalar almashinuvi dasturi bo’yicha kelishib olindi.