You are currently viewing Yangi o’quv yilida TTJga joylashmoqchi bo’lgan yuqori kurs talabalari diqqatiga!

Yangi o’quv yilida TTJga joylashmoqchi bo’lgan yuqori kurs talabalari diqqatiga!

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 2023/2024-o‘quv yili uchun yuqori kurs (2-3-4-5-bosqich) talabalaridan Talabalar turar joyiga joylashish bo’yicha arizalar olish boshlanmoqda.

✉️ Arizalar joriy yilning 15-avgust kunigacha qabul qilinadi.

⬇️ Yuqori kurs talabalarini Talabalar turar joylariga joylashtirish ishlari quyidagi me’zonlar asosida amalga oshiriladi:

✅Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar);
✅Chin yetimlar (ota-onasi vafot etgan, vasiylik va homiylikka olingan yetimlar);
✅I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
✅“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi (my.gov.uz) orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandlari (Bunda, axborot tizimiga 2023-yilda kiritilgan oilalar hisobga olinadi);
✅Xorijiy davlatlardan kelib tahsil olayotgan (chet el fuqarosi) talabalar.

📝 Ko‘rsatib o‘tilgan mazkur me’zonlar asosida yuqori kurs talabalari TTJga joylashish uchun yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo’limi ariza bilan murojaat qilishi lozim.

➡️ Shuningdek, talabalar asoslovchi hujjatlar bilan ariza topshirganligi bo’yicha fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o‘rinbosari va tyutorlarini ogohlantirib qo’yishlari kerak.

IZOH: Qabul jarayonlaridan keyin TTJlarga avvalo viloyatlardan kelgan 1-bosqich talabalari joylashadi. Yangi o’quv yili boshlanish davrida boshqa bosqich talabalarining yashash joy qidirib sarson bo’lmasliklarini oldini olish maqsadida TTJlari taqsimotini hozirdan tashkil qilish boshlandi. TTJda joy yetmay qolgan talabalar uchun ijara xonadonlari ro’yxati shakllantirilmoqda. Yangi o’quv yili boshidan ularni ijara xonadonlariga joylash choralari ko’riladi.