You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 2023/2024 o’quv yili uchun Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (PIMU) bilan qo’shma dastur asosida o’qishga qabul boshlandi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 2023/2024 o’quv yili uchun Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (PIMU) bilan qo’shma dastur asosida o’qishga qabul boshlandi

Ta’lim yo’nalishlari:
⭕Davolash ishi
⭕Pediatriya ishi

📎 Ta’lim tili:
⭕Rus tili

⏰ O’qish muddati: 4+2
⭕dastlabki 3 yil: 1-3 kursda TTATFda
⭕keyingi 2 yil: 4-5 kursda PIMUda
⭕oxirgi 1 yil: 6 kursda TTATFda

📝 Talab qilinadigan hujjatlar:
⭕Ariza;
⭕Pasport va notarius tomonidan pasportni ruschaga tarjima qilingan nusxasi;
⭕Attestat yoki diplom (rus tilida bo’lmasa, notarius tomonidan ruschaga tarjima qilingan nusxasi).

📆 Hujjatlar 2023-yil 25-avgustga qadar qabul qilinadi!

Imtihon olish tartibi:

1-bosqich: Hamkor OTM (PIMU) tomonidan kimyo, biologiya va rus tili fanlaridan test olinadi. Faqatgina 40 foizdan baland natija olgan abituriyentlar hamkor OTM tomonidan o’qishga qabul qilinadi.

2-bosqich: Chet tili (rus tili) bo‘yicha kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plagan abituriyentlar qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib chiqib, o‘qishga qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun:
+998 91 966-64-64 Mustanov Javohir
+998 94 159-59-46 Norxonov Asomiddin