Habaringiz bor Yoshlarni qo’llab-quvvatlash telegram kanalida «Yil oliygohi 2023» ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi va unda «Eng yaxshi filial» nominatsiyasida eng ko’p ovoz bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali go’liblikni qo’lga kiritgandi.
Bugun Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kanali tahririyati rahbari E.Abdulboqiyev filial direktori F.Otamuradov bilan uchrashdi hamda maxsus statuetka, Diplom hamda talabalar uchun 14 million so‘mlik sertifikatni tantanali ravishda topshirdi.
Bizni qo’llab-quvvatlagan barchaga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!