You are currently viewing O’zbekiston – Turkiya tibbiyot forumi

O’zbekiston – Turkiya tibbiyot forumi

     16-17-avgust kunlari Samarqand shahrida O’zbekiston -Turkiya tibbiyot forumi bo’lib o’tmoqda.

    Bugun 16-avgust kuni ushbu forumda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.Otamuradov va Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i A.Norxonovlar ishtirok etishmoqda.

    Forum davomida filial direktori F.Otamuradov va Turkiya Respublikasining Izmir shahrida joylashgan Ege universiteti rektori Prof.Dr. Necdet Budak bilan ikki OTM o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

      Shuningdek, Ege universitetining davolash ishi, stomatologiya, hamshiralik ishi hamda farmatsevtika fakultetlari dekanlari bilan ham muzokaralar olib borilib, ushbu fakultetlar bilan kelgusida mutaxassislar yetkazish bo’yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.