You are currently viewing «Breyn-ring» musobaqasida  filial jamoasi

«Breyn-ring» musobaqasida filial jamoasi

    Samarqand davlat tibbiyot universitetida ilk bor tashkil etilgan xalqaro yozgi maktabda talabalarimiz yuqori natijalarni qoʻlga kiritib qaytishdi!

        7-11 avgust kunlari boʻlib oʻtgan Xalqaro yozgi maktabda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston hamda Rossiya kabi davlatlardan tibbiyot oliygohlari talabalari ishtirok etishdi.
    Maktab dasturida oʻrin olgan sport musobaqalari, intellektual oʻyinlar, ilmiy mavzulardagi taqdimotlar kabi tanlovlarda filialimiz talabalari faol qatnashishdi. Shu jumladan:

       Start up loyihalar va innovatsion g’oyalar bo’yicha 1-sonli Davolash fakulteti 2-bosqich talabasi Aminova Mohinur Normurod qizi faxrli 3-o‘rinni qo’lga kiritdi.
      «Breyn-ring» musobaqasida filial jamoasi 3-o‘rinni qoʻlga kiritishdi.

     Bir soʻz bilan aytganda talabalarimiz boʻlajak hamkasblariga har taraflama oʻrnak boʻla olishdi!
     Talabalarimizga bundan keyingi ishlariga ham omad tilaymiz !!!