Bugun, 17-avgust kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni filialning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.
Abituriyentlar belgilangan grafikka ko‘ra, yakka tartibda baholash mezoniga asosan qabul komissiyasi a’zolari tomonidan suhbatdan o‘tishmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 3 ta ta’lim yo‘nalishlari (davolash ishi, pediatriya ishi va xalq tabobati) bo‘yicha jami 199 nafar nomzod hujjat topshirgan. Suhbat jarayonlarini adolatli va shaffof o’tishida filialning malakali mutaxassislari tomonidan baholab borilmoqda.
Bitiruvchilarning ota-onalari katta monitor orqali farzandining suhbat jarayonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib bormoqda.