O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 8-avgustdagi 06/1-460-son topshiriq xatiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Sho’rchi, Qumqo’rg’on, Jarqo’rg’on tumanlari mahalla xotin-qizlar faollari uchun qisqa o‘quv kurslari tashkil etildi.
Tadbirni Davolash ishlari boyicha direktor o’rinbosari O’.R.Fayziyeva ochib berdi hamda filial psixologi G.G’oziyeva, «Yoshlar bilan ishlash ma’navyat va ma’rifat» bo’limi boshlig’i Sh.Saidahmadov va filial tyutori Z.Qurbonovalar tomonidan nazariy va amaliy darslar olib borildi.
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN QISQA O‘QUV KURSLARI QUYIDAGI MAVZULARDAN TASHKIL TOPGAN:
- Mahalladagi xotin-qizlar faollarining normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari
- Xotin-qizlar va bolalar huquqlari hamda gender tengligini ta’minlashda xotin-qizlar faolining vazifalari
- Milliy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarning oila mustahkamligidagi o‘rni
- Oilalarga psixologik yordam ko‘rsatish va sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti
- Xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda ijtimoiy muammolarni o‘rganish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish hamda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi.
O’quv kursi so’ngida o’qituvchilar xotin-qizlar faollarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi.