Amaliyotning birinchi kunida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar Anqara universiteti Tibbiyot fakultetining bolalar bolalar bo‘limi (Ankara Üniversitesi Tip Fakültesi Çosuk Hastanesi), morfologiya va tibbiy-biologiya fakulteti (Ankara Üniversitesi Tip Fakültesi Çosuk Hastanesi), va otorinoliringologiya bo‘limlari (Kulak Burun ve Boğaz Hastalıkları Anabilim Dalı) bilan tanishishdi.
Bolalar bo‘limida professor-o‘qituvchilar va talabalar bolalarni antropometrik tekshirish usullarini shuningdek, bolalarni birlamchi tekshirishning zamonaviy usullarini o‘rganishmoqda.
Tibbiy-biologiya fakultetidagi professor-o’qituvchilar va talabalar fakultetning laboratoriyasi bilan tanishishdi. Laboratoriya eng so’ngi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan va filial jamoasi ushbu jihozlarning funksiyalari bilan tanishib, undan foydalanish tartibini o’rganishdi.
Shuningdek, otorinolaringologiya bo‘limida amaliyot o‘tayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalar otorinolaringologiya kasalliklarida zamonaviy endoskopik tekshiruvlar, diagnostikasi va jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etishmoqda.