You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida  1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun «Talabalikka bag‘ishlov» tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun «Talabalikka bag‘ishlov» tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi

    Tadbirda filialning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.A.Rahmonov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi hamda 2023-2024 o’quv yilida oliygoh ostonasiga qadam qo‘yayotgan birinchi bosqich talabalarini tabriklab ularga boshlanayotgan yangi o’quv yilida omad va zafarlar tiladi.

    Shifokorlik kasbi – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki, ularning mahorati, malakasi, masʼuliyati insonlarning hayoti va salomatligini asrashda muhim oʻrin egallaydi.

      Shunday ekan, talabalar ustozlari bergan bilimlarni mukammal egallab, ushbu sharafli kasbning yetuk mutaxassislari bo’lib yetishishlariga tilakdoshmiz!