Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi tarixi
Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi 1-o‘quv binosi 3-qavatida joylashgan bo‘lib ushbu kafedrada Farmakologiya, Klinik farmakologiya, Farmakologiya.Farmakognoziya, Fitoterapiya, Mutaxassislikka kirish, Molekulyar farmakologiya, Farmatsevtik etika va deontologiya fanlaridan dars o’tiladi. Ushbu kafedrada davolash ishi, pediartiya ishi, xalq tabobati, farmatsiya, stomatologiya, tibbiy profilaktika va fundamental tibbiyot yo‘nalishlari mavjud.
Ushbu kafedrada 3, 5, 6-kurslarga Klinik farmakologiya, 3-kurslarga Farmakologiya, 2-kurslarga Farmakologiya.Farmokognoziya, 3-kurslarga Fitoterapiya, 1-kurslarga Farmatsiya yo‘nalishi uchun mutaxassislikka kirish fani o‘tiladi.
Kafedraning yangi tahrirda yani Farmakalogiya va Klinik farmakologiya shakllanishi 2023-yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktorining buyrug‘i bilan tashkil etilgan.
Kafedraning shtat birligi 11.75 ni tashkil etadi va shundan, 3-ta fan nomzodi, 2 dotsent, va 12-nafar assistentdan iborat.
Kafedraning ilmiy salohiyati 60%.
Hozirda kafedrada faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ilmiy daraja olish uchun quyidagi ilmiy ishlar bilan shug‘ullanmoqda:
1.Negmatova Mohichehra Umarovna-14.00.17- «Datura stramonium va physalis angulata o’simliklaridan olingan vitasteroidlarning yallig’lanishiga qarshi ta’sirini farmokologik baholash».
2.Xayitov Azizxon Axmetovich-14.00.36-14.00.17-«Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan biologik faol qo’shimchalar ekstraktining farmokoterapevtik ta’sir mexanizmi».




