You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining klinik bazalaridagi olib borilayotgan amaliy darslar jarayoni o’rganildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining klinik bazalaridagi olib borilayotgan amaliy darslar jarayoni o’rganildi.

    Dars jarayonlarini sifati va talabalarning davomatini nazorat qilish maqsadida filialning davolash (amaliyot) ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari O’.Fayziyeva, ichki nazorat va monitoring bo’limi boshlig’i D.Aymuradova va pediatriya fakulteti dekan muovini D.Amanovalar «Mashxura» klinikasi hamda 4-son oilaviy poliklinikada tashrif buyurishdi .

 Tekshiruv jarayonida Endokrinologiya fanidan 406-guruh, Ambulator poliklinik pediatriya fanidan 602-guruh va TKK terapiya fanidan 103-guruhlarning dars jarayoni hamda davomati o’rganildi. Shuningdek, darslar yakunida talabalarga Hemis tizimidan foydalanish to’g’risida tushuntirish olib borildi.