You are currently viewing ishchi guruh tomonidan Ichki kasalliklar, propedevtikasi, reabitologiya, xalq tabobati va endokrinologiya  kafedrasida ma’ruza va amaliy darslar jarayonlarini o’rganildi.

ishchi guruh tomonidan Ichki kasalliklar, propedevtikasi, reabitologiya, xalq tabobati va endokrinologiya kafedrasida ma’ruza va amaliy darslar jarayonlarini o’rganildi.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining klinik bazalarida olib borilayotgan darslar sifatini nazorat qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh tomonidan Ichki kasalliklar, propedevtikasi, reabitologiya, xalq tabobati va endokrinologiya kafedrasida ma’ruza va amaliy darslar jarayonlarini o’rganildi.

     Tekshiruv jarayonida, Ichki kasalliklar propedevtikasi va reabilitologiya fanlarida ishtirok etayotgan talabalarning dars jarayoni hamda davomati hamda kafedra mudiri ishtirokida me’yoriy hujjatlar holati o’rganilib, kamchiliklarni bartafaf etilishi bo’yicha tushuntirish berildi. Shuningdek, shifoxonada fitobar hamda kichik tuz g’orida speleoterapiya davolash usullari mavjud.

   Shuningdek, filial Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.B.Abdullayev tomonidan talabalarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, “Korrupsiyasiz soha” loyihasi asosida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining tegishli moddalari tanishtirildi. Shuningdek, A.B.Abdullayev korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida ko‘rsatmalar berib, talabalar asosiy e’tiborlarini haqiqiy bilim olishga qaratishlari lozimligini ta’kidladi .