You are currently viewing Kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining 2-son Talabalar turar joyi hovlisida «Osh sayli» bo’lib o’tdi.

Kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining 2-son Talabalar turar joyi hovlisida «Osh sayli» bo’lib o’tdi.

     Har juma kuni filial Talabalar turar joyi hududida o’tkaziladigan «Talabalar oqshomida» Pediatriya fakulteti talabalari tomonidan katta qozonlarda osh pishirildi hamda talabalarga tarqatildi. 

   Shuningdek, Yoshlar ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Rahmonov, fakultet dekanlari J.Mustanov, N.Sagirayevlar tomonidan ushbu talabalar faxriy diplom hamda sovg’alar bilan taqdirlandi.

     Tadbir kuy-qo’shiqlar hamda qiziqarli o’yinlarga boy bo’ldi.