You are currently viewing Boysun tumanidagi “Xo‘jamayxona” darasi “Tangisar” kanonida “Stuja” 1-ekstremal tog‘ turizmi alpiniadasi bo‘lib o‘tdi

Boysun tumanidagi “Xo‘jamayxona” darasi “Tangisar” kanonida “Stuja” 1-ekstremal tog‘ turizmi alpiniadasi bo‘lib o‘tdi

    Surxon vohasining sport turizmi va ekoturizm salohiyatini dunyo ommasiga yetkazish hamda mavjud imkoniyatlarni namoyish etish hamda viloyat hokimining topshirig‘i ijrosini bajarish maqsadida joriy yil 21-23 sentabr kunlari Boysun tumanidagi “Xo‘jamayxona” darasi «Tangisar» kanonida sportning alpiniada (toqqa arqon bilan chiqish) turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi belgilangan edi.

    “Xo‘jamayxona” darasida bo‘lib o‘tgan musobaqada oliy ta’lim muassasalarining umumiy 6 ta jamoasi ishtirok etdi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo viloyati Oliy ta’lim muassasalarining 24 nafar sportchilari o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Shifokorlar jamoasi ham ushbu musobaqada faol ishtirok etib, faxrli 2️⃣-o‘rinni egallashdi!

   Ushbu musobaqani o‘tkazishdan maqsad sportning alpiniada turini ommalashtirish, havaskor sportchilarni ushbu sport turiga kengroq jalb qilish, uning kelib chiqishi va tarixi bilan tanishtirish, yoshlarni ushbu sport turiga jalb etish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mazkur sport turini joriy yilning sentabr oyidan boshlab har yilda bir marotaba o‘tkazishdan iborat. 

   Shuningdek, musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalarga viloyat hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari hamda diplom va medallar topshirildi.