Habaringiz bor oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida “Besh tashabbus” olimpiadasining 2-mavsumiga start berilgan. Shu munosabat bilan, bilimli yoshlar uchun intellektual olimpiadalar tanlovlari o’tkazilib kelinmoqda.
Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida sportning SHAXMAT turi bo’yicha saralash musobaqasi bo’lib o’tdi.
Shaxmat «Shveytsar» usulda olib borilib, 7 turdan iborat bo’ldi va unda filial talabalari yigitlar o’rtasida
1-son davolash fakulteti 5-kurs 507-A guruh talabasi Baxodurov Shoxrux va qizlar o’rtasida
Pediatriya fakulteti 3-kurs 302-A guruh talabasi Chorshanbiyeva Laylo 1-o’rinni egallab, keyingi bosqichga yo’llanma olishdi.
Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi bosqichlarda omad va zafarlar tilaymiz!