You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 2023-2024 o’quv yillarida kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha profilaktik tadbir bo’lib o’tdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 2023-2024 o’quv yillarida kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha profilaktik tadbir bo’lib o’tdi.

    Tadbirni filial Ishlar boshqarmasi boshlig‘i U.Xalilov kirish so‘zi bilan ochib, qatnashchilarga mashg‘ulot tadbiri mazmun – mohiyati va kun tartibida ko‘riladigan masalalarni yetkazdi.

    Shuningdek, filial yong‘in xavfsizligi instruktori T.Qobulov so‘zga chiqib so‘nggi yillarda kuz-qish mavsumida is gazi va havo-gaz aralashmasining chaqnashi oqibatida murakkab vaziyat kuzatilayotganligi to‘g‘risida gapirib, seminar mavzusi va kun tartibida ko‘riladigan masalalarga mutasaddi
va aloqador tashkilot va idoralar xodimlari, mas’ul mutaxassislar jalb qilinganligini bildirib, ularni tanishtirib o‘tdi. Ulardan viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi bolim boshlig’i kapitan J.Vappayev va Termiz xarbiy prokuraturasi katta tergovchisi adliya mayori J.Ortiqovlar ishtirok etishdi.

     Shundan so‘ng, filial 1-o‘quv binosi yonidagi maydonda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv xizmati va yong‘in xavfsizligi guruhi hamda “Xududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali mutaxassislarining ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.