You are currently viewing Aziz hamkasblar, qadrli professor-o’qituvchilar!

Aziz hamkasblar, qadrli professor-o’qituvchilar!

    Sizni «1-oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman.

  Talaba yoshlarga ta’lim berib, ularning har tomonlama yetuk va bilimli bo‘lib shakllanishiga o‘zingizning beminnat xissangizni qo‘shayotganingiz, yurtimiz ravnaqi, ilm-fan rivoji uchun mehnat qilayotganingiz uchun tashakkur!

    Ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlarni voyaga yetkazishdek mas’uliyatli ishda sizlarga kuch-g‘ayrat, ulkan zafarlar tilayman. Kasbiy va ilmiy faoliyatda yangidan-yangi muvaffaqiyatlarga erishishdan to‘xtamang, oilangizga baxt va saodat yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.Otamuradov